French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE jahon kubogi: Omonovaning xatolari xitoylik shaxmatchiga omad keltirdi
11:03 / 2025-07-17

Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida davom etayotgan FIDE jahon kubogi 1/8 finalida kecha Umida Omonova qora donalarda dunyo reytingida 3-o‘rinni egallab turgan xitoylik Tingji Li bilan kuch sinashdi.

Bir kunlik dam olish kunidan keyin o‘tkazilgan mazkur tur Omonova uchun murakkab kechdi. Oq donalarda harakatlangan xitoylik shaxmatchi hamyurtimizning bir nechta pozitsion yurishlaridagi kichik xatoliklardan unumli foydalandi va 1/8 finalning ilk partiyasida g‘alabaga erishdi.  

O‘yindan keyin jurnalistlarga intervyu bergan Tingji Li ikki yil muqaddam Umida Omonova bilan jahon chempionatida ro‘baro‘ kelganini, Omonovaning o‘yin uslubini o‘rganib chiqqanini, xatoliklar unga g‘alaba keltirganini aytib o‘tdi.  

Bugun, 17 iyul kuni 1/8 finalning 2-partiya o‘yinlari tashkil etiladi. Ushbu turda Umida raqibasiga qarshi oq donalarda harakat qiladi. Ushbu bahsda hamyurtimiz g‘alabaga erishgan taqdirda tay-brekda kurashish imkoniga ega bo‘ladi.  

1/8 finalning qolgan juftliklaridagi o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:  

Dzagnidze(Gruziya) – M.Muzыchuk(Ukraina) – 0,5:0,5; Xampi(Hindiston) – Kostenyuk(Shveysariya) – 0,5:0,5;

Son(Xitoy) – Djavaxishvili(Gruziya) – 1:0;  

Chju Sziner(Xitoy) – Divya(Hindiston) – 1:0;  

Lagno(FIDE) – Xarika(Hindiston) – 0,5:0,5;

Tan Chjun’i(Xitoy) – Osmak(Ukraina) – 1:0; Kamalidenova(Qozog‘iston) – Vayshali(Hindiston) – 0,5:0,5.  

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 676 ming 250 AQSH dollaridan iborat FIDE jahon kubogi final bahslari 26-28 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.  

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA