Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE Circuit reytingida Abdusattorov va Sindorov yetakchi
22:16 / 2026-02-05

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tizimidagi FIDE Circuit reytingining yangilangan ro‘yxatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yetakchilikka erishdi.

Yaqinda Niderlandiyada o‘tgan “Tata Steel Masters-2026” turniri yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov “Masters” guruhida g‘oliblikka erishishi ortidan 25.78 ochko jamg‘arib, umumiy jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur turnir davomidagi 13 ta turning birontasida mag‘lubiyatga uchramagan holda 2-o‘rinni egallagan Javohir Sindorov 18,75 ochko jamg‘arib, reytingda 2-o‘rinni band etdi.

Aytish lozimki, ushbu reyting FIDEning yillik kalendar tizim jarayonida o‘tkazib kelinadigan turnirlar va chempionatlarda shaxmatchilarning qayd etgan natijalari asosida doimo yangilanib turadi.

Shu jihatdan, endigina boshlangan yangi shaxmat mavsumi ostonasida o‘zbekistonlik grossmeysterlarning ushbu reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritgani shonli g‘alabalarga ruhiy quvvat bag‘ishlashi bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA