Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIB Mirobod tumanlararo sudi tomonidan nechta oila saqlab qolindi?
17:24 / 2021-05-28

Prezidentimizning 2020 yil 30 iyundagi topshirig‘iga muvofiq tasdiqlangan Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi xududga aylantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sudlar faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini oshirish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2021 yilning 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida 28 may kuni brifing tashkil qilindi.

Brifingda fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisi Bexzod Sagatovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, sud tomonidan 2021 yil 1-chorak davomida davomida jami 1591 (2020 yil 1-chorak davomida davomida 1424) ta fuqarolik ishi tamomlangan bo‘lib, tamomlangan ishlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167 taga ko‘paygan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga Toshkent shahrining uchta tumani, ya’ni Mirobod tumani, Yashnobod tumani va Bektemir tumani biriktirilgan.

Yashnobod tumani bo‘yicha oila nizolari yuzasidan 2021 yil 1-chorak davomida 248 ta nikoxdan ajratish haqidagi ishlar ko‘rilgan, 124 tasini qanoatlantirilgan, oilani saqlab qolish maqsadida 103 tasi qanoatlantirish rad qilingan, 6 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 15 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Yashnobod tumanida yashovchi 120 ta ayollar sudga nikohdan ajratish haqidagi murojaati kelib tushgan. Shundan:

  • 59 ta da’vo talablari qanotalantirilgan,
  • oilani saqlab qolish maqsadida 53 ta qanaotlantirish rad qilingan,
  • 2 ta ish yurituvidan tugatilgan,
  • 5 ta ko‘rmasdan qoldirilgan.

Yashnobod tumani bo‘yicha 18 ta bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash haqidagi ishlar ko‘rilgan. 15 tasini qanoatlantirilgan, 2 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Yashnobod tumanida bo‘yicha 2 ta o‘z bolasini tarbiyasiga olish haqidagi ishlar ko‘rilgan, 1 tasi qanoatlantirish rad qilingan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Yashnobod tumani bo‘yicha 5 ta aliment undirish haqidagi da’vo tartibida ko‘rilgan ishlar, 4 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Yashnobod tumani bo‘yicha 7 ta ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlar ko‘rilgan. 3 tasi qanoatlantirilgan, 3 qanoatlantirish rad qilingan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Yashnobod tumani bo‘yicha 3 ta otalikka e’tiroz bildirish haqidagi ishlar ko‘rilgan. 2 tasi qanoatlantirilgan, 1 ta qanoatlantirish rad qilingan.

Fuqarolik ishlarini ko‘rish vaqtida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish haqida 7 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Sudyalar tomonidan hozirda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishda bu bilan chegaralanib qolmasdan, ommaviy axborot vositalari orqali, aholi, mahalla, korxona va tashkilotlar, o‘quv muassalarida chiqishlar uzluksiz amalga oshirib kelinmoqda.

Murojaatlar tahlili nimalarni yuzaga chiqardi?

— Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi tomonidan Yashnobod tumani bo‘yicha 2021 yilni 1 choragida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 1540 ta murojaatlardan 1540 tasi ko‘rib chiqilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudlari tomonidan da’vo tartibida Yashnobod tumani bo‘yicha 2021 yil birinchi choragida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 495 ta fuqarolik ishi ko‘rilgan, 410 tasi bo‘yicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan. Shundan, 370 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 45 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad qilingan, 20 ta fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan va 65 ta fuqarolik ishi bo‘yicha da’vo arizalari ko‘rmasdan qoldirilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudlari tomonidan Yashnobod tumani bo‘yicha 2021 yil birinchi choragida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 350 ta buyruq tartibida ishi ko‘rilgan.

“Mening mahallam – mening sudyam” g‘oyasi asosida sudyalar o‘zlariga biriktirilgan Yashnobod tumanidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Sud raislarining qabulida jami 255 nafar (shundan 125 tasi sayyor qabuldan) fuqaro murojaat qilib, 255 tasi ko‘rib chiqilgan. Murojaatlarning 205 tasi qanoatlantirilgan, 50 tasiga tushuntirish berilgan.