Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FHDYO tomonidan tug‘ilganlikni qayd etish uchun to‘lanadigan ayrim yig‘imlar bekor bo‘ldi
16:42 / 2021-02-02

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan «Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning» ma’muriy reglamenti 11-bandiga muvofiq, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli (suyunchi puli 490.000 so‘m) dan:

- bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi (4.900 so‘m) miqdorida davlat boji;

- tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi (36.750 so‘m) miqdorida gerb yig‘imi chegirib qolinishi belgilangan.

Shunga muvofiq 2021 yil 31 yanvardan keyin tug‘ilgan bolalarning tug‘ilganlik holatini FHDYO bo‘limlari tomonidan qayd etish jarayonida gerb yig‘imi va davlat boji undirilmaydi.

Shuningdek, ma’muriy reglamentga asosan FHDYO bo‘limi tug‘ilganlik holatini qayd etadi va boshqa davlat xizmatlaridan (tibbiy poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqani olish, bolani ro‘yxatga qo‘yish, bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish) kompleks tarzda foydalanishni ta’minlashi ko‘rsatilgan.

FHDYO bo‘limlari ariza beruvchining xohishiga ko‘ra ushbu Reglament ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnomada belgilangan ma’lumotlarni to‘ldiradi va kompleks tartibda boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun avtomatik ravishda vakolatli organlarning axborot tizimlariga yuboradi.

Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra ushbu kompleks xizmatlarning barchasidan bir vaqtda yoki ayrimlaridan foydalanishi mumkin, bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bundan mustasnoligi belgilangan.

Shahnoza ESANOVA,
Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi
bosh maslahatchisi