Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FHDYO organlarida qayd etilmagan nikohni tuzishdagi diniy marosim uchun javobgarlik belgilanmoqda
16:48 / 2023-09-05

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda respublikamizda 18 ming 955 ta holatda tug‘ilgan chaqaloqlar yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilgan. 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 19 ming 37 tani, 2020 yilda 16 ming 564 tani tashkil qilgan. Nikoh FHDYO organlarida qayd etilmagani otalikni belgilash, aliment tayinlash, meros masalalariga oid turli xil muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.    

Shuningdek, ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda. 

Bundan tashqari, qonun loyihasida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlik chorasi ham nazarda tutilyapti.

Faqat tibbiy ko‘rsatma asosida yoki xizmat faoliyati bilan bog‘liq holatlarda yoxud yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh-kiyimda yoki sport va madaniy tadbirlar paytida ularning ishtirokchilari tomonidan, shuningdek, qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish holati bundan mustasno.

Qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, turli fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Savol-javoblar va munozaralardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.    

M.Komilova, O‘zA