Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fevral oyida global oziq-ovqat narxi rekord darajaga yetdi
11:39 / 2022-03-07

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) e’lon qilgan bayonotda, fevral oyi yakunlari bo‘yicha tahlil natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining jahondagi o‘rtacha narxi rekord darajaga ko‘tarilgani ayon bo‘lgan. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bergan.

FAO ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi oyida oziq-ovqat narxi indeksi o‘rtacha 140,7 ni tashkil etdi. Ayni ko‘rsatkich yanvar oyidan 3,9, o‘tgan yilga nisbatan esa 24,1 foiz ko‘p, demak.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligi ma’lum qilishicha, narx oshishi bo‘yicha eng yuqori daraja o‘simlik moyi va sut mahsulotlarida qayd etilgan. O‘simlik yog‘i narxi indeksi bir oyda 8,5 foiz o‘sdi. Bu, asosan, palma, soya va kungaboqar yog‘i qiymati oshishi bilan izohlanadi.

Fevralda sut mahsulotlari narxi indeksi yanvarga nisbatan o‘rtacha 6,4 foiz yuqoriladi.
Hisobotda, shuningdek, don bahosi indeksi 3, go‘sht narxi 1,1 foiz o‘sgani, shakar qiymati esa 1,9 foiz pasaygani aks ham etgan.
(Ulug‘bek Mahmirzayev)