French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Festival minglab yoshlarni jamladi
18:38 / 2024-05-31

Qarshida “Besh tashabbus olimpiadasi” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Besh tashabbus olimpiadasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 10 fevral kunidan boshlangan. Shu kunga qadar viloyat bo‘yicha 700 ming nafardan ziyod yoshlar 5tashabbus.uz saytida olimpiadada ishtirok etish maqsadida ariza qoldirgan. Bugungi kunga qadar olimpiadaning “Yoshlar ovozi” festivali, yengil atletika, stol tennisi va street workout musobaqalarining mahalla bosqichlari yakunlangan.

Ularda 93 ming 27 nafar yoshlar ishtirok etgan.

[gallery-17645]

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari