Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Festival matbuot markazida ish qizgʻin
19:05 / 2019-08-26

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalini ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida tuzilgan festival matbuot markazida ish qizgʻin davom etmoqda.


“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalini ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida tuzilgan festival matbuot markazida ish qizgʻin davom etmoqda.

Matbuot markazidan olingan maʼlumotlarga koʻra, festivalni 300 nafardan ortiq mahalliy, shuningdek, 20 davlatdan qirqqa yaqin xorijiy OAV vakillari yoritib bormoqda.

– Samarqandda birinchi bor boʻlishim, – deydi Germaniyaning DER-REISENEWSLETTER.COM sayti muxbiri Kern Karl-Haynz. – Shahringiz haqida juda koʻp eshitgandim. Ayniqsa, Registon toʻgʻrisida keng maʼlumotlarga egaman. Samarqandga keldimu dastlab Registon maydoni bilan tanishdim. Shu paytgacha “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali toʻgʻrisida saytimiz orqali koʻplab maqolalar eʼlon qilganmiz. Joriy yilda bu festivalni toʻgʻridan-toʻgʻri Samarqand shahridan yoritish imkoniyatiga ega boʻlganimiz uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiramiz. Yaqinda “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali oldidan maxsus videolavha tayyorlab saytimizda eʼlon qildik. Kelgusida mazkur festival va Samarqand haqida saytimiz orqali koʻplab maqolalar eʼlon qilishni rejalashtirganmiz. Bu germaniyaliklarni yurtingizga sayohatga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.