Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Festival g‘oliblari taqdirlandi
16:43 / 2025-06-16

FOTOREPORTAJ

Urganch davlat universitetida “Bu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostidagi festival g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Mazkur festival doirasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari”, “Vatanni madh etib” hamda ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Navoiy ziyosi” mavzuidagi insholar, audio insholar va videoroliklar tanlovlari  o‘tkazilgan edi. Shuningdek, “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari”, “Munozara” hamda “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovlarida universitet talabalari faxrli o‘rinlarni egallagan.

Tadbirda mazkur tanlovlar g‘olib va sovrindorlari hamda tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatgan mas’ullar tantanali tarzda taqdirlandi.

[gallery-23920]

Marosim universitet jamoasining ajoyib badiiy chiqishlari bilan yanada bayramona tus oldi.  

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA