Festival g‘oliblari aniqlandi
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oldidan Sirdaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining viloyat bosqichi yuqori saviyada yakunlandi.
Festival bolalarning sportga, xususan gimnastikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Uning natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Mirzaobod tumani 9-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Azizbek Xolbo‘tayev, qiz bolalar o‘rtasida esa Yangiyer shahar 6-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Kumush Ortiqovalar qo‘lga kiritishdi.



G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri