Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Festival barchaga quvonch bag‘ishladi
09:49 / 2022-09-15

Surxondaryo viloyatida joriy yilning 9-14 sentyabr kunlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan “Madaniyat karvoni”, “Ma’naviyat festivali” hamda milliy filmlar taqdimotlari Termiz shahridagi San’at saroyi amfiteatrida gala-konsert bilan yakunlandi.

Beqiyos o‘zgarish va yangilanishlarga yuz tutayotgan vohaning mahalla hamda olis qishloqlari, ta’lim muassasalari, tashkilotlar va paxta dalalarida poytaxtdan kelgan 150 dan ortiq taniqli olim, shoirlar, elimiz suygan san’atkorlar, teatr va kino arboblari 400 ga yaqin ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etdi. Unda 300 mingga yaqin aholi vakillari, yoshlar ishtirok etdi. 

Keksa avlod vakillariga bir olam quvonch, yoshlarga shijoat bag‘ishlagan tadbirlarda keyingi yillarda mamlakatimiz va Surxon vohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Qiziqarli konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Ijodiy uchrashuvlar va eng sara filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.

Yakuniy gala-konsertning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov vohada amalga oshirilayotgan islohotlarning inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Erishilayotgan ulkan yutuqlar ko‘p millatli viloyat aholisining ahilligi, halol, fidokorona mehnati va betinim izlanishlari evaziga qo‘lga kiritilayotganini qayd etdi. Ochiq muloqotlar, diltortar konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish uchun poytaxtdan kelib, fidoyi, mehnatsevar xalqni o‘zlarining eng go‘zal ijod namunalari, kuy-qo‘shiqlari bilan xushnud etgan shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, kino san’ati ustalari, ma’naviyat targ‘ibotchilariga chuqur minnatdorlik bildirdi. 

Gala konsertda O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Anvar G‘aniyev, Nilufar Saidova, Dilfuza Rahimova, Qursiya Esonova, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Karimboy Rahmonov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Isroil Saidumarov, Iroda Iskandarov, Yodgor Mirzajonov, estrada xonandalari Sardor Mamadaliyev, Muxlis Berdiyev, Kumush Mo‘minova va boshqa san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bir olam quvonch bag‘ishladi. 

Tomoshabinlarni raqsga chorlab, tinch, obod va to‘kin Vatanda ahil, inoq yashayotganidan faxr-iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamladi. 


Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA