Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Festival barchaga bayram kayfiyatini ulashdi
10:28 / 2025-08-21

FOTOREPORTAJ

Buxoroda mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida umummilliy birdamlik festivali bo‘lib o‘tdi. 

Festivalda “Maslahat oshi” loyihasi, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot talablariga moslashtirish, isrofgarchilikning oldini olish, oilaviy marosimlar madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ochiq muloqotlar tashkil etildi. “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tkazilgan “Inson qadri” loyihasi esa yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va ehtiyojmandlarga ko‘mak berish orqali jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. 

[gallery-24866]

G‘ijduvon tumanidagi 10-musiqa va san’at maktabi hamda “Malika Sulton” zardo‘zlik markazida tashkil etilgan “Dildagi gaplar” loyihasi yoshlarning psixologik savodxonligini oshirish, ularda o‘z ustida ishlash madaniyatini shakllantirish maqsadiga qaratildi. Shuningdek, Buxorodagi Prezident maktabida “Baxtli bolalik sharafiga”, Vobkent tumanida “Farovon hayotga ilk qadam” loyihalari, Yoshlar markazida nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida “Maslahat oshi” tadbiri o‘tkazildi. Qorako‘l tumanidagi madaniyat hamda “Malika Sulton” zardo‘zlik markazlarida o‘tkazilgan “Dildagi gaplar” ochiq muloqoti va amaliy mashg‘ulotlar ayniqsa, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Festival Buxoro davlat universitetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiriga ulandi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. U yerda mustaqillik shukronasi, tinchlik ne’mati va Yangi O‘zbekistondagi ulkan islohotlar hayotiy misollar bilan tushuntirildi. 

“Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida esa O‘zbekiston xalq artistlari, taniqli professorlar, shoir va yozuvchilar, aktyorlar, xushovoz xonandalar hamda yosh ijodkorlar ishtirokida gala-konsert va turli ma’naviy-madaniy dasturlar, sport tadbirlari o‘tkazildi. 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA