Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Feruz Sayidov – Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni!
13:26 / 2021-08-28

Bundan biroz avval para dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov finalda qo‘shni qozog‘istonlik Temirjan Dauletga qarshi o‘z bahsini yakunladi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan kurashda Sayidov ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Feruz Sayidov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 9 taga yetdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza.

O‘zA