English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fernando Moragon: O‘zbekiston yoshlar mamlakati ekani saylovda yaqqol namoyon bo‘ldi
19:11 / 2021-10-24

“Diario Arbat” Ispan milliy onlayn nashriyoti direktori, O‘zbek-Ispan do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidenti Fernando Moragon O‘zbekistondagi Prezident saylovini ertalabdan bevosita kuzatib bordi. Uning saylov haqidagi taassurotlari bilan qiziqdik.

- Saylovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan. Pandemiya bilan bog‘liq karantin talablari bajarilishi uchun har bir saylov uchastkasi zarur vositalar bilan ta’minlangan.

Saylov uchastkalari xodimlari har bir saylovchiga, kuzatuvchiga e’tibor ko‘rsatib, kutib olib, kuzatib qo‘yib, nima qiziqtirsa, kerak bo‘lsa, yordam berayotgani tahsinga loyiq.

Saylov jarayonida ham mahalliy, ham xorijiy kuzatuvchilar, jurnalistlar ko‘p edi. Saylovda qatnashayotgan partiyalardan vakillarni har bir saylov uchastkasida uchratish mumkin. Bu saylovning shaffof o‘tishiga yordam beradigan muhim omildir.

- O‘zbekistondagi saylovlarning Ispaniyadagi saylovlardan qanday farqli jihati bor?

- Katta farq bor, deya olmayman. Saylovchilarning yashirin ovoz berishi, erkin ovoz berishi kabilar deyarli bir xil. Bittagina va juda katta farq qiladigan tomoni – bu yerda saylov uchastkalarida yoshlar juda ko‘pchilikni tashkil etayotaniga guvoh bo‘ldim. 

Bizda esa aksincha. Siyosatga ko‘proq yoshi kattalar, o‘rta yoshlilar qiziqadi va saylov payti ham ularni ko‘proq ko‘rish mumkin. O‘zbekiston yoshlar mamlakati ekani saylovda yaqqol namoyon bo‘ldi.

- O‘zbekiston va Ispaniya do‘stlik munosabatlari qanday rivojlanayotgani haqida to‘xtalsangiz.

- Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda ikki mamlakatda tashkil etilgan elchixonalar muhim rol o‘ynamoqda. Keyingi yillarda o‘zaro iqtisodiy munosabatlar ko‘lami kengayib bormoqda. 

Ikki mamlakat hamkorligida ochilgan agentliklar, tijorat sub’ektlari soni ko‘paydi. O‘ylaymanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bundan keyin ham rivojlanib boradi.

O‘zA muxbiri Norgul Abduraimova suhbatlashdi.