French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fernanda Errera Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
15:29 / 2025-06-18

Indoneziyaning Bali shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning ayollar o‘rtasidagi sablya yo‘nalishida terma jamoamiz a’zosi Fernanda Errera chorak finalda qozog‘istonlik Aygerim Saribayni 15:14 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi.  

Afsuski, qilichbozimiz yarim finalda “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori yaponiyalik Misaki Emuraga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA