FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi Homid Umronovning suyagi dehqonchilikda qotgan. Jamoa xo‘jaligi paytida eng yosh brigadirlardan edi.
Keyinchalik o‘zi brigada boshlig‘i bo‘lgan yerlarda “Yahyo Bolajon” fermer xo‘jaligini tashkil etdi. Yer strukturasini yaxshilab, hosildorlikni oshirdi. Fermerning daromadi ham shunga yarasha bo‘ldi.

H. Umronov daromadi oshgach, ko‘chasini asfalt qilishni niyat qilgan edi. Mana bugun uning niyati amalga oshib, o‘zi yashayotgan Tinchlik ko‘chasini asfalt qilib berdi.
– Mahallamizga 1990 yilda ko‘chib chiqqanmiz, - deydi mehnat faxriysi Normat Yo‘lchiyev. – 33 yil deganda ko‘chamiz asfalti yangilandi. El farovonligiga hissa qo‘shadigan omilkor fermerlar ko‘payaversin.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA