Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerning buzilgan huquqlari tiklandi
12:14 / 2024-06-28

Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 2024 yil 25 martdagi qaroriga asosan qarzdor Amudaryo tumanida joylashgan «Qaraqalpaqstan Agro Klasteri» MCHJdan undiruvchi «Dauit-Sayi-Dala» fermer xo‘jaligi foydasiga jami 406,4 mln. so‘m undirish belgilangan.

Ushbu qarorga asosan chiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Taxtako‘pir tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor «Qaraqalpaqstan Agro Klasteri» MCHJning bank hisob raqamiga elektron inkasso qo‘yilgan hamda qarzdorga tegishli 9 ta avtotransport vositalariga band solingan.

Shuning natijasida qarzdordan undirilish lozim bo‘lgan 406 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik joriy yilning 3 iyun kuni to‘lig‘i bilan undirilib, ushbu pul mablag‘lari undiruvchi «Dauit-Sayi-Dala» fermer xo‘jaligining hisob raqamiga o‘tkazib berildi.  

O‘zA