Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerlik harakati – taraqqiyot omili
15:00 / 2016-08-01

Qarshida “Mustaqillikning 25-yilligi: fermerlik harakati – qishloqlarimizning rivojlanishida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Qarshida “Mustaqillikning 25-yilligi: fermerlik harakati – qishloqlarimizning rivojlanishida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S.Turdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi T.Eshnazarov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuni, davlatimiz rahbarining 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

– Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90-92 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi Rustam Qobilov. – Joriy yilning birinchi choragida fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlari unumdorligi va yer boniteti, kontraktatsiya shartnomalarini bajarishi, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tahlillar natijasiga ko‘ra, 17 ming 500 dan ortiq yangi fermer xo‘jaligi va 250 mingdan ziyod yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Ularga 5,8 million gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan. Fermer xo‘jaliklarida 1 million 400 mingdan ziyod kishi ish bilan band. 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50 foizdan ko‘prog‘i, sut va sut mahsulotlarining 60 foizi, kartoshkaning 50 foizi chetdan keltirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ana shu mahsulotlar to‘liq yurtimizda yetishtirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 29-dekabrdagi 2016-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, 2020-yilga qadar 170 ming gektardan ortiq paxta, 50 ming gektar g‘alla maydonlari o‘rniga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish belgilangan bo‘lsa, 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z mahsulotini qayta ishlab dunyo bozoriga chiqarish istagida bo‘lgan fermerlar uchun yanada keng qulayliklar yaratdi.

– Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari qo‘shimcha tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joyning o‘zida qayta ishlash, qadoqlash, raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda qishloqlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va shu orqali qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmushini yanada yaxshilashga hissa qo‘shmoqda, – deydi Qarshi tumanidagi “Shukrona” fermer xo‘jaligi rahbari Hotam Jumayev. – Buning zamirida yerga, mehnatga munosabat o‘zgargani, dehqonchilik madaniyati tobora yuksalayotgani mujassam. G‘allachilik va paxtachilikda erishilayotgan yutuqlar bunga misol. 20 gektar maydonda “Yaksart” navli g‘alladan mo‘l hosil yetishtirdik. Ortiqcha don o‘zimizda qoldirilayotgani ishchilarimizning daromadlarini oshirish, turmushini yanada farovonlashtirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida viloyatdagi yetakchi fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.