English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerlarning haqi undirib berilmoqda
19:01 / 2023-01-20

Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer-dehqon xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab, tayyorlovchi korxonalardan 2022 yil hosili uchun topshirilgan paxta xom ashyosidan ololmayotgan mablag‘larini undirish yuzasidan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

– Jumladan, “Beruniy klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Beruniy tumani xududidagi 188 ta fermer xo‘jaligiga 2022 yil paxta hosilidan 45 milliard 793 million 568,9 ming so‘mlik qarzdorligi borligi aniqlandi, – deydi kengash bo‘lim boshlig‘i Polat G‘aniyev. – O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgust kungi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi talablaridan kelib chiqqan holda qarzdorlikni tez kunda to‘lash choralarini ko‘rish, aks holda sud orqali undirilishi  to‘g‘risida talabnoma kiritildi.

Shuningdek, 2022 yil paxta hosilidan “Qoraqalpoq agroklaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Taxtako‘pir tumanidagi 103 ta fermer xo‘jaligiga 9 milliard 336 million 252 ming,  “Agro Sho‘manoy klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Sho‘manoy tumanidagi 217 ta fermer xo‘jaligiga 1 milliard 974 million 286,8 ming, “Kegeyli Chimboy agro klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Kegeyli tumanidagi 168 ta fermer xo‘jaligiga 7 milliard 115 million 756,3 ming so‘mlik karzdorligi bo‘yicha ogohlantirilib, ularga talabnoma yuborildi.  

Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi fermer-dehqon xo‘jaliklarining manfaatlarini himoya qilib, ularning faoliyatida paydo bo‘layotgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA