Bir murojaat ortida bir inson va fermer xo‘jalikning taqdiri bo‘lsa, murojaatlar tahlili sohalardagi tizimli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan Fermerlar kengashi nomiga kelib tushayotgan murojaatlar muntazam tahlil qilinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda hamda sohani takomillashtirish, fermer xo‘jaliklariga yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Haqiqatan ham, qonunlarning qay darajada ishlayotganini o‘rganishning eng muhim mezonlaridan biri fuqarolar va fermerlarning murojaatlarini tahlil qilishdir. Shu kunga qadar ham O‘zbekiston fermerlari kengashi o‘z taklif va tavsiyalarini ishlab chiqib, tegishli tashkilot va idoralarga kiritib kelgan.
Qayd etish lozimki, Yangi O‘zbekistonning qonun hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi islohotlar natijasida O‘zbekiston fermerlari kengashiga ham qonunchilikka takliflar kiritish huquqi berildi.
O‘zbekiston fermerlari kengashiga kelib tushgan murojaatlar statistikasi tahliliga ko‘ra, joriy yilning 5 oyi davomida 2 200 dan ortiq, fermer xo‘jaliklar tomonidan 1 700 ta murojaat kelib tushgan.
Takidlash joizki, O‘zbekiston fermerlari kengashi tomonidan ishchi guruxlar tashkil qilinib hududlarda muntazam ravishda sayor qabullar o‘tkazib borilmoqda. Shuningdek, vitrual qabulxonalar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar va saytlar, "Sall center" Ishonch raqami orqali kelib tushgan murojaatlar tezkor ro‘yxatga olinib mas’ul xodimga yo‘naltirib borilmoqda.
Fermerlar kengashi tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida fermer xo‘jaliklarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha sudlarga 3892 ta da’vo arizalari kiritilib, shundan 3100 tasi qanoatlantirildi.
Murojaatlarni o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash, sudga da’vo arizalar kiritish jarayonlarida qonunbuzilish va qonunlarni chetlab o‘tish holatlari aniqlanganda darxol o‘z munosabatlarini bildirdidar.
D.Sultonov,
O‘zbekiston fermerlari kengashi mutaxasisi