Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerlar, bog‘bonlar, suvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
12:32 / 2023-02-15

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar mamlakatimizda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida ayni kunlarda joylarda qishloq xo‘jaligi xodimlari – fermer xo‘jaliklari a’zolari, paxtachilik klasteri ishchilari, agronomlar, suvchi, mexanizator, bog‘bonlar hamda ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida tibbiy ko‘rik Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Khantex group" paxtachilik klaster korxonasida ham tashkil etildi.  Klaster korxonasi 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunda ushbu korxonada 4 ming nafar ishchi mehnat qiladi. Korxona paxta yetishtirish, qayta ishlash, kalava ip va trikotaj matolari ishlab chiqarish hamda eksport qilish bo‘yicha respublikamizdagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.  

[gallery-10582]

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, tuman tibbiyot birlashmasi malakali shifokorlari ishtirokida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda korxona ishchilari, hududdagi qishloq xo‘jaligi xodimlari, femer xo‘jaliklari a’zolari, bog‘bonlar hamda ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Turli xastaliklar aniqlangan fuqarolarning salomatligini tiklash va mustahkamlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.    

Tibbiy ko‘rik doirasida shifokorlar tomonidan kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.  

Bu kabi tibbiy ko‘riklar viloyatning barcha tumanlarida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilmoqda.  

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat),  

O‘zA