Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerlar bilan ochiq muloqot
18:00 / 2022-02-05

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashabbusi bilan kengash binosida 2022 yil uchun “Paxta xom ashyosi yetishtirish xamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma” loyihasi fermerlar va mas’ul idoralar vakillari ishtirokida ZOOM orqali keng muhokama qilindi.

Muhokamada Adliya vazirligi mas’ullari Davron Allanazarov, Farrux Jo‘rayev , Qishloq xo‘jaligi vazirligidan Ilxom Jo‘rayev, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bosh huquqshunosi Chorixon Qodirov, Sanjar Isayev, Yangibozor tuman kengashi huquqshunosi Mansurbek Raximov, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi vakili Olim Abdualimov, fermerlarimizdan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Ishchanov Odilbek” fermer xo‘jaligi rahbari Nemat Ishchanov, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan “Amir Vali Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Kamoladdin Ikromovlar faol ishtirok etishdi.

Shartnoma loyihasi 4 soat davomida uning har bir bandi bo‘yicha birma bir muhokama qilindi. 

Muhokamada bir tomondan klasterlar manfaatida Klasterlar uyushmasi vakillari ikkinchi tomondan fermerlar manfaatida Fermerlar kengashi vakillari tortishuvlari, baxs-munozalari, shartnoma loyihasining qonunchilik nuqtai nazaridan Adliya vazirligi vakillarining takliflari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining, paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermerlarning takliflari va e’tirozlari, savol-javob, tushuntirishlar tarzida juda qizg‘in o‘tkazildi.

Hamma ishtirokchilarning taklifi, e’tirozlari eshitilib, “Paxta xom ashyosi yetishtirish xamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma” loyihasi yanada takomillashtirildi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Matbuot xizmati D.Raxmanov