Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerdan soliq qarzi undirildi
17:23 / 2025-07-08

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “A.D.” fermer xo‘jaligi rahbari soliq qarzini uzoq muddat davomida to‘lamay kelgani uchun unga biriktirilgan qishloq xo‘jaligi yer maydoni majburiy ijro orqali auksionga chiqarildi. Natijada qarzdor fermerdan 94 million so‘m soliq qarzi va 1,9 million so‘m miqdorida ijro yig‘imi undirildi.

–Mazkur holat mamlakatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va moliyaviy intizomni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida amalga oshirildi, – deydi MIB Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i Umidjon Mamarasulov. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi “Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, yerdan samarasiz foydalangan yoki soliq majburiyatlarini buzgan holatlarda fermer xo‘jaliklarining yer ijara shartnomalari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Ayni paytda Sirdaryo viloyati bo‘ylab shunday surunkali qarzdor fermer xo‘jaliklariga nisbatan majburiy undiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu jarayon nafaqat davlat byudjetiga tushumni oshirish, balki yerdan unumli foydalanish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini ko‘tarishga ham xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri