English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaliklarining yerlari zaxiraga qaytarilishining qonuniyligi o‘rganilishi lozim
11:31 / 2024-01-13

Ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Koson tuman kengashining 2024 yil 11 yanvardagi VI-98-11-4-60-K/24-son qarori bilan tumandagi paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer ijara shartnomasi bekor qilinib, yer maydonlari zaxiraga qaytarilishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 avgustdagi Farmoniga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan, prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish mumkin emas. Bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

Ishchi guruhi xulosasiga asosan xalq deputatlari Koson tuman kengashining ushbu qaroriga nisbatan prokuror nazorati hujjati qo‘llashni so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat kiritildi.

O‘rganish natijalari va mas’ul tashkilotlarning xulosalariga ko‘ra masalani adolatli va huquqiy yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Bu haqda O‘zLiDeP matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

 

M.Komilova, O‘zA