Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaliklari xodimlari va ularning oilasi salomatligi nazoratda
12:45 / 2023-02-08

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida dehqon va fermerlar hamda ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida dastlab Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida, keyinchalik Oltiariq, O‘zbekiston tumanlarida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.  

Qo‘shtepa tumanida davom etgan aksiya tuman markazidagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabi binosida o‘tkazildi.

[gallery-10484]

Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ftiziatr, kardiolog, psixiatr, LOR, terapevt, pediatr kabi tor doiradagi mutaxassislari tomonidan hududdagi fermer xo‘jaliklarining 2 ming 300 dan ziyod xodimlari va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Tibbiy ko‘rik jarayonlariga EKG, UTT va laboratoriya shifokorlari ham jalb etildi, - deydi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Odiljon Umarov. – Ayniqsa, keksa yoshdagilar, homiladorlar hamda arterial gipertoniya, yurak qon-tomir, qandli diabet, xavfli o‘smalar, surunkali buyrak va jigar kasalliklari mavjud bo‘lgan fuqarolar salomatligiga e’tibor qaratildi.

Kasalligi aniqlangan fuqarolar 120 turdagi bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi hamda statsionar davolanish uchun tavsiya etildi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA