Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaligining tikuv sexida 100 nafar xotin-qizning ish bilan bandligi ta’minlandi
15:44 / 2023-05-02

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ular uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida tuman hokimi boshchiligida sektorlar rahbarlari, fuqarolar yig‘inlari mas’ullari tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, kuni kecha “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Gulhumor” fermer xo‘jaligiga qarashli “Gulhumor chevarxonasi” tikuv sexining foydalanishga topshirilishi ham hududdagi 100 nafar xotin-qizning bandligini ta’minladi.

[gallery-11706]

Yangi sexga ishga qabul qilinganlarning aksariyati “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”da turuvchi xotin-qizlarni tashkil etdi.  

O‘quv markazlarida tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganib, ishga kirishgan xotin-qizlar endilikda o‘z mehnati bilan oilasi farovonligini ta’minlash, turmush darajasini oshirishga hissa qo‘shadi.  

Chevarxonada erkaklar maxsus ish kiyimlari, bolajonlar uchun liboslar, erkaklar ichki kiyimlari, ofis uchun pardalar tikish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA