Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaligining moddiy zarari aniqlandi
19:55 / 2025-07-08

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy bo‘limi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Jondor tumanida joylashgan “Z.O.Z.F.” fermer xo‘jaligida elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 156,8 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.