Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaligida o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 40 million so‘mdan ziyod mablag‘ni iqtisod qiladi
12:46 / 2023-03-25

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Elmatov A’zam Voxidovich” fermer xo‘jaligi yer maydonlarini sug‘orish uchun 64 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasidan foydalanib kelmoqda.

Mazkur fermer xo‘jaligining yer maydonlari balandlik va adirliklarda bo‘lgani uchun sug‘orish ishlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida amalga oshirib kelmoqda.  

Xususan, stansiya 182 gektar yer maydonini sug‘orish yoki fermer xo‘jaligining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi.  

Energetika vazirligiga ko‘ra, stansiya yiliga 106 ming kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqaradi va buning natijasida 26 ming metr kub tabiiy gaz tejaladi.  

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilishi hisobiga fermer xo‘jaligida yiliga 40 million so‘mdan ziyod mablag‘ iqtisod qilinishiga erishiladi.  

O‘zA