Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaligida ish qizg‘in
11:18 / 2023-04-19

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uychi tumanida joriy yil hosili uchun 5 ming 649 gektar yerga chigit ekilgan bo‘lsa, 6 ming 295 gektar ekin maydonlarida g‘alla nihollari baravj o‘smoqda.

Xususan, tumandagi urug‘chilikka ixtisoslashgan “Mashad sohibkori” fermer xo‘jaligida ayni pallada bahorgi yumushlar avjida. Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 73 gektar bo‘lib, 32,5 gektariga g‘alla, 40,5 gektarga paxta ekilgan.

[gallery-11513]

- Hozirgacha g‘allani besh marta bargidan oziqlantirdik, - deydi xo‘jalik rahbari Zohidjon Ismatillayev. – Hisobimiz bo‘yicha, hosil 10 iyunda yetiladi. Mana, chigit ham bir tekis unib chiqdi. Bir-ikki kunda kultivatsiya ishlarini boshlaymiz. Ob-havoning qulay kelgani, ekish, sug‘orish ishlarini tejamkor va ilg‘or texnologiyalar asosida olib borayotganimiz o‘z natijasini bermoqda.

Xo‘jalikda 35 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan band. O‘tgan yili bir milliard so‘mdan ortiq daromad olgan fermer bu yil yanada kattaroq marrani ko‘zlab turibdi.

 

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA