Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
16:01 / 2025-11-04

Toshkent viloyatining Qibray tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.S. va M.T. fuqaro F.Sh.ning ishonchiga kirib, tumandagi “I.O.” fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan yer maydonini go‘yoki toifasini o‘zgartirgan holda 6 sotix yerni 54 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan.

Ular shundan 25 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hamroz Bayanov,

O‘zA