Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer xo‘jaligi rahbari jarimaga tortildi
10:49 / 2025-11-28

Buxoro viloyati Olot tuman Ekologiya bo‘limiga, tumanning Chandir mahallasida yashovchi fuqaro N.N. tomonidan mazkur mahallada ro‘yxatdan o‘tgan fermer xo‘jaligi rahbari B.E. o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonidan 17 tup terak daraxtini noqonuniy ravishda kesganligi haqida murojaat kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan tuman Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganish jarayonida fermer xo‘jaligi rahbari B.E. tomonidan 17 tup terak daraxti noqonuniy kesilgani tasdiqlandi. Natijada tabiatga 25 336 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy choralar ko‘rish maqsadida Olot tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud majlisida raislik qilgan J. Xusenov tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari B.E. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi va unga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ya’ni 20 600 000 so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Natijada fermer xo‘jaligi rahbariga 25 336 000 so‘m tabiatga yetkazgan zarar hamda 20 600 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.