Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer va tomorqachilar bu jarayonda faol ishtirok etmoqda
16:52 / 2022-06-27

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, Kengash raisi A. Xaitov, Oliy Majlis Senati a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M. Hojimatov, fermerlar, iqtisodchilar ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, loyihada Asosiy qonunimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish kiritish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda. Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda.

Mazkur yig‘ilishda konstitutsiyamizning 20 dan ortiq moddasi va ayrim boblari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Inson qadri va inson uchun yaratiladigan sharoitlar, bolalar mehnatini taqiqlash, hech qachon bunga yo‘l qo‘ymaslik, oila institutini takomillashtirish, erkak va ayolni oilada va jamiyatda teng huquqlarini ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorni ko‘paytirish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari fermer va dehqon xo‘jaliklarni huquqlarini ta’minlash, rivojlanishi, innovatsiyalarni kiritilishiga ko‘maklashish masalasida ham o‘z fikr-mulohazalarini kiritishmoqda.

Maqsad esa yagona o‘tmishdan saboq chiqarish, kelajakni yaxshiroq anglashga intilishdan iborat.

O‘zA