Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer foydasiga bir milliarddan ortiq qarzdorlik undirib berildi
15:39 / 2024-10-07

Bugungi kunda Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilligida bevosita Biznes-ombudsman devoni, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlardan jami 9 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.   

Ana shunday murojaatlardan biri xorazmlik tadbirkordan kelib tushdi. Tadbirkor qarzdorlikni undirishda yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.     

O‘rganishlarga ko‘ra, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan fermer xo‘jaligi foydasiga qarzdorlik undirilishi lozim edi. Biroq ijro hujjati to‘liq bajarilmay qolgan.   

Majburiy ijro byurosining Yangibozor tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha ish ochilgan bo‘lsa-da, 2024 yil 26 avgust holatiga ko‘ra, qarzdor jamiyatdan 28 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik undirish bo‘yicha 61 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shunga ko‘ra tadbirkorga atigi 15 million so‘m qarzdorlik to‘lab berilgan.   

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyatning bank hisob-raqamlariga elektron tarzda band solinib, inkasso topshiriqnomalari qo‘yildi va mol-mulklariga taqiqlar qo‘yildi.   

Natijada 1,3 milliard so‘m miqdorida qarzdorlik fermer xo‘jaligi foydasiga undirildi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA