Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati sertifikatsiyadan o‘tkazildi
10:50 / 2021-12-01

Iqtisodiyotimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularga keng sharoit yaratishda korrupsiya – degan bir balo borki, u orqali tadbirkorlikning rivojlanishiga ko‘pgina g‘ovlar paydo bo‘ladi.

Korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan omil sifatida baholanadi. Jamiyatda korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash samarali hisoblanmasligi qayd etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda muntazam ravishda izchil amalga oshirilishi yaxshi natija berishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, 2020 yil 29 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni 8.1-bandi: ... 2020-2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi ("komplayens-nazorat")ni bosqichma-bosqich joriy etish talablariga ko‘ra barcha tashkilot va muassasalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish belgilovchi korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, siyosati ishlab chiqish va uni amalda joriy etish belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda:

har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlarini talab darajasida takomillashtirish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish;

korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish va oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish, korrupsiyaga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Jamg‘arma faoliyatida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada Jamg‘arma Vasiylik kengashining 2020 yil 2 dekabrdagi 13-sonli majlis bayoni 1.7-bandida ham Jamg‘armada korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish maqsadida Xalqaro standartlar ISO 9001:2015 "Sifat Menejmenti Tizimi", ISO 37001:2016 "Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment (pora olish-berish bilan kurashish) tizimi" talablari asosida integratsiyalashtirilgan menejment tizimi joriy qilish bo‘yicha topshiriq belgilangan.

Mazkur xalqaro standartlar tizimi talablari asosida integratsiyalashtirilgan menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etishda konsultatsiya xizmati hamda sertifikatlarini olish bo‘yicha Tovar xomashyo birjasining maxsus axborot portalida e’lon joylashtirilib, tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Hozirda ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar tizimini ishlab chiqish va joriy etishda konsultatsiya xizmatlaridan foydalangan holda barcha zaruriy hujjatlar ishlab chiqilib, Jamg‘arma tizimida amalda joriy qilinmoqda.

Jamg‘arma faoliyati ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatsiyadan o‘tkazilishining auditi dastlabki bosqichi joriy yilning 17-18 avgust kunlari, ikkinchi bosqichi esa 18-19 oktyabr kunlari o‘tkazildi. Audit natijalariga ko‘ra Jamg‘armaning "Fermer, dehqon xo‘jaliklari, "Tomorqa xizmati" MCHJlar va tomorqa yer egalarini kreditlash uchun tijorat banklariga resurs ajratish, shuningdek, shu sohada lizing faoliyatini amalga oshirish" faoliyati sohasi ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish ishlari kelgusida Jamg‘arma mablag‘larining samarali va manzilli ishlatilishiga, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlarini talab darajasida takomillashtirishga, xodimlar va mijozlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, ularning ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borishga xizmat qiladi.  

   

A.Madiyev, "Lizing faoliyatini amalga  

oshirish" bo‘limi boshlig‘i