Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer ayollar xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda
17:00 / 2022-06-28

«Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlarining ekstenshn markazlari mintaqaviy tarmog‘ida tajriba almashinuvi va agrobiznes hamda qishloq xo‘jaligini yuritish amaliyotida ayol-fermerlarni bilim va ko‘nikmalarini yaxshilash» mavzusida Samarqandda seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari assotsiatsiyasi (CACAARI), «Axborot maslahat markazi» hamkorligida o‘tkazilgan treningda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan fermer va tomorqachi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Ushbu loyiha asosida 2021 yildan buyon yurtimizning barcha hududlarida bu kabi uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Loyiha maqsadi qishloq xo‘jaligi va agrobiznes amaliyotida mulkdor xotin-qizlar uchun nimalarni bilish va o‘rganish muhimligi, fermerlar xo‘jaligini yuritish va agrobiznes amaliyotida qo‘llanilishini yaxshilash borasida fermer xotin- qizlarning malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Seminar-treningda xorijdan keltirilgan mahsuldor mollarni respublika iqlim sharoitiga moslashtirish, turli kasalliklardan asrash, dukkakli ekinlarni yetishtirishning innovatsion texnologiyalari, meva daraxtlari va sabzavot ekinlarini vegetativ payvandlashning zamonaviy usullari xususida mahorat darslari o‘tkazildi.

–Fermer xo‘jaligini yuritish amaliyoti bo‘yicha o‘z tajribalarimizni o‘rtoqlashdik, duch kelgan muammolarimiz va ularning yechimlari xususida so‘zlab berdik,–deydi Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani «G‘afforjon Nurli Kelajagi orzusi» fermer xo‘jaligi rahbari O.Nurboyeva.– Ayni paytda yurtimizda minglab ayollar qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, iqtisodiyotimiz yuksalishiga munosib ulush qo‘shmoqda,

Trening yakunida hamkor tashkilotlar tomonidan fermer xotin-qizlarga sertifikatlar topshirdi.

O‘zA