Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer 2,4 milliard so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy tarzda ishlatgan
15:00 / 2025-10-15

"O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida faoliyat yurituvchi “O. D.” fermer xo‘jaligida suv nasoslari elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangani aniqlandi.

Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirilgan mazkur noqonuniy harakatlar tufayli elektr ta’minoti tashkilotiga 2 milliard 477 million so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha bo‘lgan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA