Farg‘onada tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi J100 tasnifiga kiruvchi “Fergana Cup” xalqaro turnirida yakkalik va juftlik bellashuvlari davom etmoqda.
Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida yosh tennischimiz Akmal Abdullayev neytral tennischi Saveli Razanauni 2:6, 6:3, 6:3 hisobida yengdi va chorak finalga chiqdi. Darvoqe, bugun mazkur bosqichda Suxrob Saidov va neytral tennischi Milan Taupenets, Abdulaziz Usmonjonov hamda neytral sportchi Fedor Altuxov o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz.
Juftlik bellashuvlarining chorak finalida hamyurtlarimiz Akmal Abdullayev va Danila Kvasov tandemi Saveli Razanau hamda Milan Taupenetsni 1:6, 6:3, 10:8 hisobida taslim qildi. Shuningdek, Mahmudbek Beknazarov va Abduraxmon Karimov – Ahmadjon Toshmuhammedov hamda Abdulaziz Usmonjonov o‘rtasidagi o‘yin 1:6, 3:6 hisobida yakunlandi. Endi final bahsi yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Ahmadjon va Abdulaziz juftligi Akmal va Danila tandemiga qarshi kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA