“FEI Jumping World Challenge – 2025” musobaqasining navbatdagi bosqichi start oldi
Toshkent shahridagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “FEI Jumping World Challenge – 2025” musobaqasining 2–3 bosqichlari start oldi. 14 noyabr kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu bosqichlarda chavandozlarning chiqishlarini mamlakatimizning eng kuchli hakamlari va xalqaro mutaxassislar nazorat qiladi.
Yurtimizda ot sportining ommaviyligini yanada oshirish va yosh avlodni sportga jalb qilish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqaning ilk kunida "A", "B", "C" guruhlarida bellashuvlar tashkil etiladi. Ushbu guruhda turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan chavandozlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 14 noyabr kuni 1- va 2-gid bo‘yicha "A", "B", "C" guruhlarida bir qator balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratish bellashuvlariga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA