Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Federika Mogerini: Jurnalistlar huquqlari himoyalanishi zarur!
11:54 / 2018-10-31

Yevropa Ittifoqi 2 noyabr xalqaro jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosizligini toʻxtatish kuni oldidan barcha davlatlar OAV erkinligi va jurnalistlarning xavfsizligini himoyalash oldidagi majburiyatlarini bajarishi kerakligini taʼkidladi.

“Haddan tashqari koʻp jurnalistlar oʻz ishi uchun tahdidlar va hujumlarga uchramoqda. Bu hujumlarni amalga oshiruvchi shaxslar esa koʻpincha jazosiz qolmoqda”, - deyiladi YEI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini nomidan yoʻllangan xatda.

Uning soʻzlariga koʻra, Yevroittifoq mamlakatlarida jurnalistlarning oʻldirilishi dunyoning hech bir mintaqasi bundan sugʻurtalanmaganini namoyish qilmoqda.

“Saudiyalik jurnalistning Istanbulda oʻldirilishi kabi bunday dahshatli jinoyatlar yaxshilab oʻrganilishi kerak”, - deydi Mogerini va bu borada Saudiya Arabistonining ishonchli hamkorlik qilishiga umid bildiradi.