Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Federatsiya raisi bozorlardagi narxlarni oʻrgandi
16:35 / 2020-11-03

Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Uchtepa tuman hokimi Farhod Abdullayev tumanda joylashgan bozorlardagi narx-navo bilan tanishdi.

Bunda asosan isteʼmolchilarga qulaylik yaratish, ularga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Oʻrganishlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarining quyidagi narxlari aniqlandi:

Tovuq goʻshti 18000, tuxum 900, shakar 5800, pista yogʻi 12000, piyoz 1500, sabzi 1800, kartoshka 3000, un 2800, un (Qozogʻiston) 4500, guruch (Nukus) 6000, goʻsht narxi esa 55000 soʻm.

Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx navoni minimallashtirish boʻyicha monitoring ishlarini davom ettirmoqda.

Isteʼmolchilarini himoya qilish jamiyatlari
federatsiyasi matbuot xizmati