Buyuk Britaniyaga tegishli Space Forge kompaniyasi mikroto‘lqinli pech hajmidagi mini-zavodni fazoga uchirdi.
Ushbu qurilma Yer sathidan yuzlab kilometr balandlikda yuqori sifatli yarimo‘tkazgichlar uchun xomashyo ishlab chiqaradi. Sinovlar davomida pechni masofadan yoqish va haroratni 1000° gacha ko‘tarish imkoniyati amalda tasdiqlandi.
Koinotdagi vaznsizlik va vakuum muhit atomlarning tartibli joylashishini va kontaminantlardan xoli bo‘lishini ta’minlab, yarimo‘tkazgichlar sifatini Yerda bo‘lgandan 4000 baravar toza qiladi. Bu chiplar 5G minoralari, elektromobillar va zamonaviy samolyotlarda ishlatiladi.
Mini-zavod SpaceX raketasi orqali orbitaga chiqarilgan va Kardiffdagi boshqaruv markazi tizimlarni masofadan sinovdan o‘tkazmoqda. Kompaniya endilikda kattaroq zavod qurishni va tayyor mahsulotni Yerga xavfsiz qaytarish texnologiyasini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu maqsad uchun Pridwen nomli issiqlik himoya ekrani ishlab chiqilgan.
Mutaxassislarning fikricha, koinotda ishlab chiqarish sanoati tez orada dori-darmon, sun’iy to‘qima va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda iqtisodiy jihatdan foydali bo‘ladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qtks_biA5tM" title="Fazodagi mini-zavod" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA