FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasi yiliga 1 million dona kostyum-shim ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Loyiha qiymati 20 million AQSH dollarni tashkil etgan korxonada Germaniya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Mingga yaqin kishi ish bilan band.
[gallery-10715]
Korxona Germaniyaning dunyoga mashhur “Digel” va “Carl Gross” brendlari bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar brend talablariga mos xushbichim va yuqori sifatlidir.
Kuni kecha gigant loyihaning ikkinchi bosqichiga start berildi.
Yangi loyiha ishga tushishi natijasida 1000 nafar yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga qariyb 300 ming dona, qiymati 5 million AQSH dollarlik tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, tumanning eksport salohiyati 5 million AQSH dollariga ortadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA