Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fayangi tashabbuslar
18:46 / 2024-09-18

Toshkentda 17-19 sentyabr kunlari V Yevrosiyo farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tmoqda.  Tadbir farmatsevtika sohasidagi  asosiy masalalarni muhokama qilish maqsadida  ekspertlar va professionallarni birlashtirishga qaratilgan.

Sammit doirasida  “Ishlab chiqaruvchi – tarqatuvchi – dorixona tarmog‘i: ittifoqchilarmi yoki raqiblar?” mavzusida “sahna muloqoti” bo‘lib o‘tdi. Unda Stada kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi vitse-prezidenti Arminas Matsevichus, Emiti Interneshnl kompaniyasi (Qozog‘iston) bosh  direktori Yevgeniy Zemlyankin va  «Farmacia Familiei» (Moldova)  dorixona tarmog‘i  bosh direktori Tatyana Koynak ishtirok etdi. Ekspertlar Yevroosiyo  mamlakatlari tajribasida  farmatsevtika sanoatini o‘zgartirish va rivojlantirish  masalalarini muhokama qildi. 

So‘nggi yillarda farmatsevtika sohasida ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va dorixonalarning roli va ular  o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar  sezilarli darajada o‘zgardi. Faol ingrediyentlarga oldindan sarmoya kiritadigan dori ishlab chiqaruvchilar dori vositalarini saqlash, ularni bojxonada rasmiylashtirish va to‘lash muddati kechiktirilgan holda sotish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Bu esa ularni  dori tarqatuvchilar va davlat sog‘liqni saqlash  tizimlari uchun  homiyga aylantirib qo‘ymoqda. 

– Texnologiyalar rivojlangan bugungi kunda tarqatish masalasi  yanada murakkablashdi:  u logistikadan tashqari dori vositalarini targ‘ib qilishni ham talab qiladi va ko‘pchilik tarqatuvchilar bu vazifani ishlab chiqaruvchilarga yuklab qo‘yishmoqda,  – deydi A Matsevichus. – Bu tarqatuvchilarni logistika va mikromoliyaviy kompaniyalarga aylantirmoqda, bu esa distribyutorlarni logistika va mikromoliya kompaniyalariga aylantiradi va bu o‘z navbatida naqd pul bo‘shliqlariga olib keladi.

Dori vositalarini onlayn-tarqatish va dorixonalar tobora ommalashib ketmoqda, biroq bu segment belgilangan  me’yoriy qoidalarning buzilishi hamda  ro‘yxatdan o‘tmagan va  soxta dori vositalari savdosidan aziyat chekmoqda. 

Logistika muammolari dori vositalarini yetkazib berishda kechikishlarga olib keladi va bu  biznes jarayonlarni  qiyinlashtirgan holda,  dorixonalarda tovarlar ta’minotiga ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy cheklovlar  ma’lum  qiyinchiliklarni  keltirib chiqaradi. Dorixona tarmoqlari  qat’iy tartibga soluvchi me’yoriy qoidalarga bo‘ysunmaydigan  noqonuniy onlayn-xizmatlar bilan raqobatlashishi qiyin. Buning natijasida, bozorning barcha  ishtirokchilari uchun  teng sharoitlar yaratib berish uchun  huquqiy bazani  qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ladi. 

Spikerlar trendlarni hisobga olgan holda,  keyingi 5-10 yilda  onlayn-savdo ustunlik qilishini  bashorat qilmoqda, bu  dori vositalari xaridining bir qismi  internet orqali amalga oshiriladi, deganidir. Shu nuqtai nazardan bozorning “kul rang zona” ga o‘tishining oldini olish uchun  qoidalar va tartibga solish  choralarini ishlab chiqish zarur. 

Ma’ruzachilar  texnologiyalar mavzusiga  qaytib, bugungi kunda sun’iy intellekt va robotlashtirish  farmatsevtika biznesining  ajralmas qismiga aylanib borayotiganiga e’tibor qaratdi. Bu texnologiyalar  zaxiralarni boshqarish,  talabni  bashorat qilish,  ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va boshvp logistika  vazifalari singari turli vazifalarni bajarishi mumkin. Onlayn xizmatlarni rivojlantirish  foydalanuvchi tajribasini yaxshilash,  ta’minot zanjirini optimallashtirish va  onlayn-maslahatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sun’iy intellektni keng integratsiya qilishni talab etadi. 

Biroq, avtomatlashtirishga qaramay, “jonli” farmatsevtikaga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib qolmoqda, chunki murakkab  tibbiy vaziyatlarda, maxsus vazifalarni bajarishda va texnologiyalar hozircha ularning o‘rnini bosolmaydigan maslahat xizmatlarini ko‘rsatishda ularning ahamiyati juda katta. Boshqa tomondan,  elektron retseptlar va inson resursiga yuklamani kamaytiruvchi  boshqa tizimlar ham mavjud bo‘lib, bu farmatsevtlarning yanada murakkab vazifalarga e’tibor qaratishiga imkon beradi. 

Ishtirokchilar muloqot so‘nggida  davlat, dorixona tarmoqlari va tarqatutsvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya  millat salomatligini ta’minlash va  farmatsevtika tarmog‘ini  barqaror rivojlantirish uchun  muvaffaqiyat kaliti bo‘lmoqda, degan  fikrda to‘xtaldilar. 

Alpomish Mashrabxonov, O‘zA