"Sharaf" loyihasining bu galgi qahramoni Qurolli kuchlar tizimida ishlab kelsada qo‘lidagi qalamidan voz kechmagan ijodkor, mard o‘g‘lon — Faxriyor Baxtiyorov.
Faxriyor Baxtiyorov 2002 yil 1 iyulda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Harbiylikka bo‘lgan qiziqish uni Jamoat xavfsizligi universiteti tomon yetakladi.
Faxriyor yosh bo‘lishiga qaramasdan tengdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan darajada yutuqlarga erishishga ulgurgan. 2021 yilda "Posbonimiz muqaddas yurtning" tanlovi Respublika bosqichida she’riyat yo‘nalishi g‘olibi, 2022 yilda "Eng yaxshi harbiy shoir" tanlovi respublika bosqichi g‘olibi, 2023 yilda "Yilning eng harbiy shoiri" deya e"tirof etilgan. 2024 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Sen uchun" nomli kitobi nashr etildi. Joriy yilda esa leytenant Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li Prezident Qaroriga binoan "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ayni kunlarda Jamoat xavfsizligi universiteti Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2SGF3SQ9pBo" title="Faxriyor Baxtiyorov: O`zbegimning mard o`g`loniman! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA