Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi
05:00 / 2022-02-18

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatidagi “Sherdor” tantanalar majmuasida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil topganining 28 yilligi hamda Afg‘onistondan sobiq ittifoq qo‘shinlari olib chiqilgan sana munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, afg‘on zaminida o‘n yil davom etgan harbiy harakatlar chog‘ida Namangan viloyatidan 3676 nafar askar ishtirok etgan. 70 nafar jangchi halok bo‘lgan, 343 nafari yarador bo‘lib qaytgan.

[gallery-5802]

Mustaqillik maydonidagi Xotira kitobiga hamda Namangan shahridagi “Xotira va qadrlash” majmuasida barpo etilgan “Xotira” kitobiga Afg‘onistonda halok bo‘lgan namanganlik harbiy xizmatchilarning nomlari kiritilgan. Ular o‘qigan maktablarda esa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadiga xizmat qiluvchi “Faxriy o‘quvchi” burchaklari tashkil etilgan.

Tadbirda “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasiga 200 million so‘mlik sertifikat topshirildi. Shuningdek, viloyatdagi imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan xarid qilingan elektr yurituvli aravachalar taqdim etildi.

Marosimda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.



Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA