Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriylar – o‘z davrining qahramonlari
17:46 / 2025-05-16

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Faxriylar – faxrimiz, ular o‘z davrining qahramonlari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tizimda mehnat qilib, bugungi kunda ham yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan kasaba uyushma faxriylari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarida kasaba uyushmalarining o‘rni va roli haqida to‘xtaldi. Bu o‘zgarishlarni xalqaro hamjamiyat vakillari va ekspertlar ham e’tirof etayotganini ta’kidlashdi.

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik va tub ijobiy o‘zgarishlar jarayonida eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, ijtimoiy sheriklik va muloqot tamoyillari asosida ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoya qilish bilan birga, aholi turmush farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Uchrashuv doirasida kasaba uyushmalari faxriylari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlaridan musobaqalar tashkil etildi.

Tadbir so‘nggida kasaba uyushmalari tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan va soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidoiy kasaba uyushma faxriylariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri