Faxriylar – matonat va e’tiqod timsoli
FOTOREPORTAJ
Inson qadri va xotirasi — muqaddas. “Vatan” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan tadbir ana shu ezgu maqsadga xizmat qildi. Afg‘on urushining bir guruh faxriylari uchun bayram dasturxoni yozilib, yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Jasorat va matonat sohiblariga esdalik nishonlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Suhbatlarda o‘tmish xotiralari va bugungi tinchlik qadri tilga olindi.
[gallery-27741]
Tadbir yakunida faxriylar poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” majmuasiga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘ydi. Bu — o‘tganlar ruhiga ehtirom va tiriklarga bo‘lgan yuksak qadr namunasidir.
Xotira — mangu, qadr — muqaddas!
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA