Faxriylar kengashi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Nukus shahridagi Prezident maktabida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Faxriylar kengashi a’zolari, maktab jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Faxriylar kengashi a’zolari so‘zga chiqib, o‘zlarining xizmat faoliyati, harbiy hayotdagi mas’uliyat, intizom va mardlik haqida batafsil so‘zlab berishdi.

Faxriylar yoshlarni bilim olishga intilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, har qanday vaziyatda ham yurt manfaatlarini ustuvor qo‘yish ruhida tarbiyalash zarurligini alohida ta’kidlashdi.
Ularning samimiy suhbati, hayotiy misollar bilan boyitilgan chiqishlari o‘quvchi-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA