English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriylar ibrati e’tirof etildi
11:51 / 2022-05-27

FOTOREPORTAJ

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi «Vatan» xayriya jamoat fondi boshqaruvi, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ichki ishlar tizimi faxriylari, hozirda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etdi. 

[gallery-7302]

Tadbir ochilishida so‘z olgan Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik A. Rahmatullayev,  «Vatan» xayriya jamoat fondi ommaviy va tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i B. Sodiqov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik D. Yusupov  va boshqalar tomonidan xalqimiz uchun muqaddas va bebaho ne’mat yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada ichki ishlar tizimi xodimlarining samarali faoliyati, ayniqsa, sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylarning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, tadbirda nafaqada bo‘lishlariga qaramasdan, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etish, yosh avlodni vatanga muhabbat, ichki ishlar tizimi xodimlarini burchga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylarning ibratli faoliyati alohida e’tirof etildi. 

Tadbirda bir guruh ichki ishlar tizimi xodimlari va faxriylariga «Vatan» xayriya jamoat fondining esdalik nishon va sovg‘alari topshirildi. 

 

Zuhriddin UMURZOQOV (surat),O‘zA