French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriylar faoliyati ibrat maktabi
12:15 / 2022-01-05

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda soha mashaqqatini yengib o‘tgan bir guruh faxriylar yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi. Tadbir avvalida Akademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov ichki ishlar organlarida “ustoz-shogird” an’analarining ahamiyati haqida to‘xtaldi.

– Inson hamisha ustozlariga suyanadi, ulardan ibrat oladi. Ichki ishlar organlari tizimida o‘z hayotini el-yurtimiz farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi uchun bag‘ishlagan, insoniy fazilatlari bilan obro‘-e’tibor qozongan fidoyilarimiz ko‘p. Ularning salohiyati va boy tajribasi yosh xodimlar, ayniqsa kursantlarimizni o‘z kasbining qadriga yetishga undaydi, – dedi o‘quv dargohi boshlig‘i.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda iste’fodagi general-mayor Habibulla Hojimatov, iste’fodagi polkovniklar G‘ulom-Hasan Alimov, Mixail Ursaki, Rustam Kabulov va boshqa faxriylar so‘z oldi. Mustaqillik yillari ichki ishlar organlari hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, tinchlik va osoyishtalikni saqlash yo‘lida xizmat qilishning mashaqqati haqida bildirilgan mulohazalar tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati